«shavkat mirziyoyev» tegli maqolalar


Shavkat Mirziyoyev P4G sammitida nutq so‘zladi
30 may 2021, 17:15

Shavkat Mirziyoyev P4G sammitida nutq so‘zladi

O‘zbekiston prezidenti «Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun hamkorlik — 2030» (P4G) xalqaro sammitida ishtirok etdi. Shavkat Mirziyoyev mintaqada iqlim o‘zgarishlari ta’sirida transchegaraviy daryolar oqimi va biologik xilma-xillik qisqarayotgani bo‘yicha xavotirda ekanligini ma’lum qildi. U «yashil iqtisodiyot»ni barpo etishga yoshlarni jalb etish bo‘yicha maxsus dasturni amalga oshirish tashabbusini ilgari surdi.

«Odamlar O‘zbekistonda korrupsiya yo‘qligiga ishonishi kerak» — prezident
29 may 2021, 13:16

«Odamlar O‘zbekistonda korrupsiya yo‘qligiga ishonishi kerak» — prezident

«Endi tizim bundan ham qattiq bo‘ladi, mana shuni bilinglar. Qonun ustuvor — jazo muqarrar bo‘lishi kerak. Odamlar O‘zbekistonda korrupsiya yo‘qligiga ishonishi kerak. Hamma hokim xulosa qilishi kerak», — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. Prezident korrupsiyaning oldini olish uchun sohalarni raqamlashtirish zarurligini qayd etdi.

2 yilda 100 ga yaqin uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi mansabdorlar korrupsiyada ayblangan
28 may 2021, 19:56

2 yilda 100 ga yaqin uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi mansabdorlar korrupsiyada ayblangan

2 yil davomida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi 100 ga yaqin mansabdor korrupsiyaviy jinoyatni sodir etgani uchun javobgar bo‘lgan. Andijon uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi rahbarlari 240 mln so‘m, Namangan «Ta’mirlash tiklash xizmati» korxonasi mansabdorlari 250 mln so‘m va Surxondaryo Suv ta’minoti boshqarmasi xodimlari 540 mln so‘mni o‘zlashtirgan.

«Banklarga „pul ber“ deb o‘rganib qolgansizlar, ularni qaytarish haqida kim o‘ylaydi?» — Shavkat Mirziyoyev
28 may 2021, 19:25

«Banklarga „pul ber“ deb o‘rganib qolgansizlar, ularni qaytarish haqida kim o‘ylaydi?» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident videoselektorda uy-joy shirkatlarining muddati o‘tgan kreditorlik qarzi 1,4 trln so‘mdan ortib ketganini tanqid qildi. Ularning kredit muddati uzaytirilgani bilan 52 foizi so‘ndirilmagani aytildi. «Bu banklarning puli-ku. Sizlar banklarga „pul ber“ deb o‘rganib qolgansizlar, ularni qaytarish haqida kim o‘ylaydi?», — dedi davlat rahbari.

«Barcha sohalar va hududlarda ishlar bir xilda sifatli bajarilayapti, deb bo‘lmaydi» — prezident dasturlar haqida
28 may 2021, 18:25

«Barcha sohalar va hududlarda ishlar bir xilda sifatli bajarilayapti, deb bo‘lmaydi» — prezident dasturlar haqida

Shavkat Mirziyoyev videoselektorda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasidagi qurilish va ta’mirlash ishlari barcha hududlarda ham birdek sifatli olib borilmayotganini tanqid qildi. Yig‘ilishda qoloqliklar mavjud viloyatlarga prezident Administratsiyasi, Hukumat, Hisob palatasi va vazirliklar mas’ul rahbarlari yil yakuniga qadar biriktirilishi ta’kidlandi.

Maktabgacha talim vazirining birinchi o‘rinbosari Qahramon Olimov lavozimidan ozod etildi
24 may 2021, 23:55

Maktabgacha talim vazirining birinchi o‘rinbosari Qahramon Olimov lavozimidan ozod etildi

Prezident ishtirok etgan yig‘ilishda o‘z faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Qahramon Olimov lavozimidan ozod etildi. Vazirning boshqa o‘rinbosarlari hamda vazirlikning barcha hududiy boshqarmalari boshliqlari o‘z vazifasini bajaruvchi darajasiga tushirildi.

«Men sizlarga ishonaman, mening yosh do‘stlarim!». Prezident bitiruvchilarni tabrikladi
24 may 2021, 22:15

«Men sizlarga ishonaman, mening yosh do‘stlarim!». Prezident bitiruvchilarni tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi marta mamlakat maktablari bitiruvchilariga tabriknoma yo‘lladi. Bu yili qariyb 438 ming nafar o‘quvchi yoshlar yetuklik shahodatnomalarini qo‘lga olishadi.

Shavkat Mirziyoyev Seuldagi xalqaro sammitda nutq so‘zlaydi
24 may 2021, 12:44

Shavkat Mirziyoyev Seuldagi xalqaro sammitda nutq so‘zlaydi

Prezident shu hafta «O‘zagrohimoya» AJ tizimini isloh qilish, hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish va barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi. Davlat rahbari 30 may kuni Janubiy Koreyadagi xalqaro sammitda nutq so‘zlaydi.

1 oktyabrga qadar hududlarga 1000 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalari yetkaziladi
19 may 2021, 12:18

1 oktyabrga qadar hududlarga 1000 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalari yetkaziladi

Prezident topshirig‘iga binoan 1 oktyabrga qadar hududlarga 1000 ta Volkswagen Caddy rusumli tez tibbiy yordam mashinalari yetkaziladi. Hozir hududlarda 850 ta xizmat muddatini o‘tagan Damas tez tibbiy yordam mashinalari mavjud.

O‘zbekiston va Jahon banki yangi hamkorlik dasturini tayyorlashadi
19 may 2021, 12:16

O‘zbekiston va Jahon banki yangi hamkorlik dasturini tayyorlashadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Jahon banki delegatsiyasi yangi besh yillik hamkorlik dasturini tayyorlashga kelishib oldilar. Hamkorlik kun tartibiga qashshoqlikni kamaytirishni qo‘llab-quvvatlash, jadallashtirilgan sanoatlashtirish va korrupsiyaga qarshi kurash kabi yo‘nalishlar kiradi.

«Tibbiy sug‘urtani joriy qilish tezlashmasa, tibbiyotda keskin o‘zgarish bo‘lmaydi» — prezident
18 may 2021, 20:57

«Tibbiy sug‘urtani joriy qilish tezlashmasa, tibbiyotda keskin o‘zgarish bo‘lmaydi» — prezident

Seshanba kungi videoselektorda Shavkat Mirziyoyev tibbiy sug‘urta bo‘yicha Sirdaryo tajribasini tezroq butun respublikada hayotga tadbiq etish zarurligini qayd etdi. Bundan tashqari, jarrohlik amaliyotini talab etmaydigan yurak qon-tomir, oshqozon-ichak, nafas yo‘llari, teri kasalliklariga diagnoz qo‘yish, davolash va reabilitatsiya jarayonlarini tumanlarda amalga oshirish kerakligi aytildi.

1 avgustga qadar Sirdaryodagi, 1 noyabrgacha esa Toshkentdagi poliklinikalar to‘liq raqamlashtiriladi
18 may 2021, 19:51

1 avgustga qadar Sirdaryodagi, 1 noyabrgacha esa Toshkentdagi poliklinikalar to‘liq raqamlashtiriladi

1 avgustga qadar Sirdaryodagi, 1 noyabrgacha esa Toshkent shahridagi barcha poliklinikalarni to‘liq raqamlashtirish rejalashtirilmoqda. Gulistondagi oilaviy poliklinikani tajriba doirasida xususiy sheriklikka berish ko‘zlanmoqda.

«Bepul tibbiyot yo‘q, hammayoqda korrupsiya deyapti odamlar» — Shavkat Mirziyoyev
18 may 2021, 18:35

«Bepul tibbiyot yo‘q, hammayoqda korrupsiya deyapti odamlar» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident tibbiyot sohasiga bag‘ishlangan videoselektorda respublikadan ajratilayotgan mablag‘lar to‘g‘ri sarflanmayotganini tanqid qildi. «Bepul tibbiyot yo‘q, hammayoqda korrupsiya deyapti odamlar», — dedi u. Qolaversa, davlat rahbari sohada o‘zgarish qilish shart bo‘lgan 5 ta yo‘nalishni belgilab bergan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev hisobidan talaba bo‘lgan Roziya
18 may 2021, 10:34

Prezident Shavkat Mirziyoyev hisobidan talaba bo‘lgan Roziya

Shavkat Mirziyoyev 14 may kuni Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrifida Andijon viloyatidan noyabr oyida davolanish uchun kelgan 11-sinf o‘quvchisi Roziya Bozorboyeva bilan uchrashdi. Prezident Roziyaning Andijon tibbiyot institutiga kirish orzusiga javoban “Andijon tibbiyot institutiga bugun kirdi!” deya ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
17 may 2021, 15:47

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezident Qozog‘istonlik hamkasbi Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

Prezident Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi
17 may 2021, 15:39

Prezident Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi

Prezident shu hafta Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida qatnashadi. Qolaversa, Qozog‘iston prezidenti bilan telefonda muloqot qilish hamda Jahon banki prezidentining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha o‘rinbosari Anna Berde bilan uchrashuvlar ham rejada bor.

«Biz faqat tinchlik bo‘lishi tarafdorimiz». Shavkat Mirziyoyev — falastin-isroil mojarosi haqida
17 may 2021, 14:28

«Biz faqat tinchlik bo‘lishi tarafdorimiz». Shavkat Mirziyoyev — falastin-isroil mojarosi haqida

«Falastin va Isroildagi voqealar, Al-aqso masjidi atrofidagi harakatlar haqida gapirar ekanmiz, biz faqat tinchlik bo‘lishi tarafdorimiz. Albatta, har qanday masala bir stol atrofida o‘tirib, murosa qilinsagina hal bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident shuningdek, AQSH o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqayotganidan kelib chiqib, ushbu mamlakatda tinchlikni saqlashga qaratilgan sa’y-harakatlarning muhimligini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga tashrifi davomida Xo‘jandga ham boradi — OAV
17 may 2021, 10:36

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga tashrifi davomida Xo‘jandga ham boradi — OAV

Prezidentning iyun oyining birinchi yarmida Tojikistonga tashrifi kutilmoqda. Qo‘shni davlat OAVlarining yozishicha, ikki mamlakat yetakchilari Xo‘jandda So‘g‘d va unga chegaradosh hududlar rahbarlari bilan birgalikda muzokaralar olib borishi reja qilinmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Bahodir Yo‘ldoshev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
17 may 2021, 09:31

Shavkat Mirziyoyev Bahodir Yo‘ldoshev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq artisti, atoqli rejissyor, Bahodir Yo‘ldoshevning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi. San’atkor 2009 yilda «Diydor» yoshlar eksperimental teatr-studiyasini tashkil etib, umrining oxiriga qadar unga rahbarlik qilib keldi. Ushbu studiya faoliyati orqali ko‘plab iqtidorli yoshlarni kashf etdi.

Toshkent hokimi bo‘sh turgan binolar egalariga penya joriy etish taklifini bildirdi
15 may 2021, 23:47

Toshkent hokimi bo‘sh turgan binolar egalariga penya joriy etish taklifini bildirdi

Toshkentda o‘tkaziladigan tajriba doirasida bo‘sh turgan binolarning egalariga penya joriy etish rejalashtirilmoqda. Gap olti oy mobaynida mol-mulkdan foydalanilmagan yoki ijaraga berilmagan taqdirda penya hisoblash haqida ketmoqda. Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlar kredit olganidan ko‘ra, ijaraga bino olib, o‘z faoliyatlarini boshlagani ma’qul deb hisoblaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting